Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

G7 mamlakatlari oldiga qo‘yilgan vazifani uddaladimi?

25 varaqdan iborat umumiy niyat va va’dalar: Britaniyaning Kornuoll shahrida yakunlangan «katta yettilik» - G7 sammitidan so‘ng, uning ishtirokchilari kommyunike qabul qilishdi. Unda boshqa narsalar qatori “ko‘p va xavfsiz vaksinani iloji boricha ko‘proq kishiga yetkazish”ga va’da berishdi. Shuningdek, ular iqlim muammolarini hal qilish va ko‘mir energetikasini bosqichma-bosqich yo‘q qilish bo‘yicha birgalikda ishlashga kelishib olishdi.

Ba’zi kuzatuvchilar uchun bu – oddiy so‘zlar:

“Biz buni bugungi muhim muammolarga - sog‘liqni saqlash inqirozi va iqlim falokatiga javob berishga tayyorlik nuqtai nazaridan tarixiy muvaffaqiyatizlik deb bilamiz. Ular bu vazifani uddasidan chiqa olishmadi. Bu katta muvaffaqiyatsizlik", deydi «Oxfam» ijtimoiy adolat harakati a’zosi Anne Mariotte.

“Kommunikedagi eng qisqa vaqt ichida maksimal darajada ishlashga va’da berishi, keyin esa yil davomida milliard doza vaksina haqida gap ketayotgani kulgili. Lekin bu milliard pandemiyaga chindan ham chek qo‘yadimi? Bu bema’nilik, chunki ko‘rsatilgan raqam aholining 5 foizini ham qamrab olmaydi”, deya «One» kompaniyasining Afrika yo‘nalishi ijrochi direktori Edvin Ixuoriya ham sammitga past baho berdi.

Extinction Rebellion eko-harakati a’zolari Amerikaning Parij iqlim shartnomasi bilan bog‘langan mamlakatlar lageriga qaytganidan xursand ekanligini tan olishdi, ammo aniq harakatlar rejasi yo‘qligidan hafsalasi pir bo‘ldi.

Faol Endi Lizerbarrou ta’kidlaydi: “Parij kelishuvi belgilangan darajada bajarilmayapti. Aslida ular bu va’dalaridan voz kechishdi. Shuning uchun biz ulardan qazilma yoqilg‘iga sarmoya kiritishni to‘xtatishini so‘raymiz, uglerod neytralligiga 2025 yilgacha erishishga chaqiramiz”.

G7 sammiti tugadi, ammo Jo Baydenning Yevropadagi diplomatik missiyasi davom etmoqda. Oldinda NATO va Yevropa Ittifoqi - AQSh sammitlari, shuningdek, Amerika rahbarining Jenevada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi kutilmoqda.