Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Gavhar Alimova: Oqdaryoda tungi barlarda yurgan qizlar taqdiri bizni qiynamoqda

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, senator Gavhar Alimova O‘zA muxbiri bilan uyushtirilgan suhbatda Oqdaryodagi tungi barlarda yurgan qizlar haqida so‘zlab berdi:

"Oqdaryoda tungi barlarda yurgan qizlar bizni qiynamoqda. Bunda asosiy muammo onada. Kechasi qizi chiqib ketsa, ona qanday qilib bilmasligi mumkin? Yaqinda 16 yosh qizning homiladorligi aniqlandi. U 15 yoshda shu yo‘lga kirgan, ona bilmadim, deydi yelka qisib. Bu javobmi? Nima uchun qizining tarbiyasi bilan shug‘ullanib, u bilan dildan suhbatlashmaydi? Nega ota o‘g‘lini yurish-turishini nazorat qilmaydi, o‘tirib gaplashmaydi? Qani oilada otaning o‘rni?

To‘g‘ri, maktab-chi deymiz, u ta’limga javob beradi. Mahalla deymiz, qaraydi, qiz ko‘chada tinch yuribdi. Hamma narsa oilada, uyda yuz bermoqda. Misol uchun, kuni kecha 17 yosh qiz uydan chiqib ketgan. Onasi telefon qilib, “Iltimos, shu qizimni qamatib yuboring”, deydi. Yosh qiz icharkan, chekarkan, uydan chiqib ketib, bir hafta, o‘n kun yo‘q bo‘lib ketarmish. Harakat qilib, bir kunda topdik. Shaharga olib kelib, psixolog biriktirdik. Bitta darsdan keyin qochib ketdi. Psixolog haftasiga uch marta qatnab, qizni uyiga borib dars o‘tmoqda. Tarbiya oilada bo‘lmagandan keyin qiyin ekan", degan viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.