Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Gaz quvuridan sizib chiqib to‘planib qolgan gazdan chaqnash sodir bo‘ldi

Samarqand tumani Juysoy mahallasida yashovchi A.Sh.ning uyida yollanib ishlayotgan, Samarqand shahar M.Odilov ko‘chasida yashovchi F.S. hovlidagi hojatxonaga kirib, elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida gaz quvuridan sizib chiqib to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.

Natijada F.S. va sherigi Urgut tumani Beshkapa qishlog‘ida yashovchi B.E.lar kuyish jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan hamda shu mahallada yashovchi D.M. va Samarqand tumani Badal mahallasida yashovchi G‘.J.larga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, agar hovlingizdan gaz quvuri o‘tgan bo‘lsa, xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz.

O‘zbekiston Respublikasi IIV

Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.