Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Gaz quyish shoxobchasida avtomobil portladi

Bugun, 16 dekabr kuni soat taxminan 12:00 da Andijon viloyati Andijon tumani, Jahonobod MFY hududida joylashgan “Shodlik ishonch servis” MChJga tegishli gaz quyish shoxobchasida “Nexia-2” rusumli avtomashinaning gaz balonida portlash sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida haydovchi X.K. tan jarohati olgan, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, portlash sabablari aniqlanmoqda.

Tekshiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.