Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Gaz quyish shoxobchasidagi portlash natijasida bir kishi halok bo‘ldi

Bugun, 16 yanvar kuni taxminan soat 11:30 larda, Zarbdor tumani Yangihayot mahallasida joylashgan “Gaz manbai” MChJga qarashli avtomobillarga suyultirilgan gaz (propan) quyish shoxobchasida ta’mirlash-payvandlash ishlari olib borilayotganida kelib chiqqan chaqnash oqibatida portlash yuz bergan.

Natijada mazkur MChJ ishchilaridan, fuqaro 40 yoshli Sh.A. hodisa joyida vafot etgan, 44 yoshli E.I. esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, portlashning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.