Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Germaniya inflyasion shokka duch kelmoqda

Germaniyada oziq-ovqat chakana savdosida “inflyasion shok” kuzatilmoqda va ekspertlarning Germaniyadagi Handelsblatt gazetasida ta’kidlashicha, bu hali boshlanishi, xolos.

Nashrning yozishicha, mart oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 6 foiz, yangi sabzavot 14 foiz, o‘simlik yog‘i 17 foizga qimmatlashgan.

"Biz oziq-ovqat chakana savdo sohasida inflyasion shokni boshdan kechirmoqdamiz. Bu ayniqsa kam daromadli aholi guruhiga kuchli zarba beradi", dedi EY-Parthenon konsalting kompaniyasi hamkori Chehab Vahbi.

Germaniyada iste’mol iqlimi yomonlashmoqda, deya qayd etadi Handelsblatt. Shunday qilib, may oyida GFK tadqiqot kompaniyasi iste’molchi iqlim indeksi qiymatining 26,5 punktga pasayishini bashorat qilmoqda, bu o‘lchovlarning butun vaqti uchun eng past ko‘rsatkichdir.

GFK sanoat eksperti Robert Kechkes so‘zlariga ko‘ra, iste’molchi byudjeti umumiy xarajatlar oshishi tufayli qisqargan. "Aholi o‘rtasidagi katta ishonchsizlik hayratlanarli tarzda xarid xatti-harakatlarida namoyon bo‘lmoqda", deya qo‘shimcha qildi u.

Rossiyaning Ukrainaga amalga oshirayotgan keyingi harakatlaridan so‘ng G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Cheklov choralari birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Yevropada Rossiya energetika resurslariga qaramlikni kamaytirish chaqiriqlari kuchaydi. Bularning barchasi allaqachon G‘arb mamlakatlari uchun iqtisodiy muammolarga aylanib, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi.