Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Germaniyada qamoqdan qochish noqonuniy hisoblanmaydi

#Bilasizmi?

🔹 Dunyo aholisining chorak qismi Xitoyda istiqomat qiladi.

🔹 Yaponlar 1918 yildan beri tibbiy niqob taqib yurishadi. Niqoblar begona odam bilan muloqot qilishda noqulaylik hissini kamaytirish uchun ijtimoiy to‘siq, shamollash oldini oluvchi vosita va shunchaki uslub (stil) tarkibi sifatida ishlatiladi. Masalan, tumov bilan niqobsiz yurish odob-axloq qoidalarining qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi.

🔹 Germaniyada qamoqdan qochish noqonuniy hisoblanmaydi. Germaniyada agar biror kishi qamoqxonadan muvaffaqiyatli qochib ketsayu, keyinchalik ushlansa, u jinoiy javobgarlikka tortilmasdan va hech qanday jarima to‘lamasdan o‘zining qolgan muddatini “o‘tirib” ketadi.

🔹 Islandiyada yer ostida non pishirish an’anasi bor. Geyzerlar (issiq buloqlar) va vulqonlar mamlakatidagi mahalliy aholi bu vulqonlardan kundalik turmushlarida foydalanishni o‘zlashtirgan. “Vulqonli non”ning qadimiy tayyorlash usuli bugungi kunda ham qo‘llanilmoqda. Bir qozon xamir geyzer yonida 24 soat davomida ko‘milib, ustiga tosh qo‘yiladi. Tuproq harorati 100°C darajaga yetib, xamirning pishishiga imkon yaratadi.

 🔹 Italiyadagi Rim imperiyasi davrida qurilgan ba’zi yo‘llar hech qanday ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishni talab qilmasdan hali ham odamlarga muntazam xizmat ko‘rsatib turadi.

🔹 Leonardo da Vinchining “Mona Liza”si bir necha yil fransuz imperatori Napoleon Bonapartning yotoqxonasida osilgan edi. Keyinchalik u suratni Luvrga qaytarib bergan. Hozirda Mona Liza 3 milliard dollarga sug‘urtalangan, bu uning dunyodagi eng qimmat surat ekanligining dalolatidir.

🔹 Shveysariyada bayram yoki tug‘ilgan kunlarga sovg‘a tariqasida investitsiya fondlari aksiyalari yoki jamg‘arma hisobini ochib berish o‘rinli deb hisoblanadi va odat tusiga kirgan. Bunday sovg‘alar ham kattalarga, ham bolalarga qilinadi.

🔹 Varshava aholisi vaqti-vaqti bilan eng kam uchraydigan hodisa - bo‘rtiq bulut yoki mammatuslarni kuzatishi mumkin. Ular juda kamdan-kam hollarda shakllanib, qoida tariqasida yozda momaqaldiroq paytida paydo bo‘ladi. Ularni fotosurat yoki videotasvirga olish katta muvaffaqiyatdir.

 🔹 Har 23 ming yilda Saxara cho‘li zich o‘rmonga aylanadi va orqaga qaytadi. Olimlarning aytishicha, bundan atigi 6000 yil oldin Saxarada yaylovlar, o‘t  va daraxtlar bo‘lgan, iqlim o‘zgarishi bu hududni qurg‘oq cho‘lga aylantirdi. Tadqiqot natijalari bunday siljishda - har 23 ming yilda sodir bo‘lishini ko‘rsatdi.

Bahora to‘pladi.