Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Giyohvandfurush tog‘a-jiyanlar ushlandi

Jizzax viloyati IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasining tog‘li hududlardagi tezkor bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan G‘allaorol tumanidagi Mingchinor choyxonasida 4 million so‘mga 1 kilogramm 793 gramm ko‘knori sotayotgan shaxs qo‘lga olindi.

Surishtiruv jarayonida Baxmal tumani G‘allakon mahallasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan, ayblanuvchi M.N. ushbu giyohvandlik vositasini shu tumanning Sangzor mahallasida yashovchi, 1961 yilda tug‘ilgan tog‘asi M.Q.dan olganligini bildirgan.

Mazkur ma’lumot asosida M.Q.ning turar joyi ko‘zdan kechirildi va hammomdan polietilen paketlarga joylangan 2 kilogramm 310 gramm ko‘knori topildi.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdorlar hibsga olingan.