Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Giyohvandlik hudud, chegara, millat tanlamaydi. Uni hushyorlik bilan yengish mumkin

Samarqand shahridagi 3-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Samarqand shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, ularning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, mahallalardagi uyushmagan yoshlar ishtirokida “Biz, yoshlar doim giyohvand vositalarining tarqalishiga qarshi kurashamiz” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi bo‘lim boshlig‘i Shuhrat G‘ulomov yoshlar orasida giyohvand vositalarining tarqalishiga qarshi kurashish, giyohvand vositalari iste’mol qilishning salbiy oqibatlari, bugungi kunda "zahri qotil" tarqalishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida yoshlarga tushuncha va ma’lumot berdi.

Seminar davomida tadbir ishtirokchilariga bilib-bilmay giyohvand vositalarini iste’mol qilib, ayanchli holatlarga tushib qolgan yoshlar haqidagi qisqa metrajli videorolik namoyish etildi.

Sanjar TURDIYEV.