Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

G‘o‘za orasiga soya ekilmoqda. Bu usul o‘zini oqlaydimi?

Past Darg‘omda fermerlar yerdan unumli foydalanish, daromadini orttirish uchun tajriba asosida 1000 gektar yerga 90×90 o‘lchamda chigit hamda unga yondosh soya o‘simligini ekmoqda.

To‘g‘ri, soya o‘simligidan 22 foizgacha yog‘ olish mumkin. Ammo savol tug‘iladi: g‘o‘za bilan bir vaqtda ekilgan soya yondosh ekin rivojlanishiga xalaqit qilmaydimi?

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, paxta ochilib ulgurguncha, shu dalaning o‘zidan soya hosili fermer uchun qo‘shimcha daromad olish uchun yana bir manba bo‘ladi.

Tumanning “Ilm” massividagi "Shahriyor Abbos chorvalari" fermer xo‘jaligi dalasida chigit va soyani bir vaqtda ekish va undirib olish, agrotexnikasi bilan bog‘liq masalalarga doir tashkil etilgan seminarda bu jarayonlar mutaxassislar tomonidan tushuntirildi.

Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati.