Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Go‘zallik saloniga o‘g‘irlikka tushgan 21 yoshli juvon qo‘lga olindi

Joriy yilning 4 iyulga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Xorazm viloyatining Xonqa tumanida yashovchi 27 yoshli M.T. ismli ayolga tegishli bo‘lgan go‘zallik salonidan 4 million so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Xonqa tumanida yashovchi 21 yoshli Sh.X. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.