Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Gulistonda “Damas”ga o‘rnatilgan gaz ballon portladi

Bugun, 27 mart kuni ertalab soat 8:30 larda Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Bog‘ishamol mahallasi hududida joylashgan avtotransport vositalariga gaz to‘ldirish shoxobchasida to‘xtab turgan, fuqaro N.Q.ga tegishli "Damas" rusumli avtomobilning gaz ballonida chaqnash sodir bo‘lgan, deya xabar berdi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIB yo‘l harakati xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar bo‘limlari xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, chaqnash yuzaga kelish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasi va unga o‘rnatilgan jihozlar sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘rab qolamiz, deyiladi xabarda.