Haj va umra vazirligi bilan kelishuv imzolandi
- 08.01.2024 10:40
- 141
- O‘zbekiston
Kecha, 7 yanvar kuni Jidda shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra vazirligi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda Haj va umra vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ishtirokida o‘zaro aloqalarning istiqbollari hamda «Haj – 2024» mavsumini yuqori darajada tashkil etish masalalari muhokama etilgan.
Haj va umra vaziri so‘nggi yillarda O‘zbekiston eng yaxshi natijalarga erishayotgani va jadal taraqqiy etayotganini ta’kidladi.
Muloqot yakunida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda Haj va umra vazirligi o‘rtasida muborak safarlarni yanada yaxshilash yuzasidan kelishuv imzolandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Har bir rahbar o‘z maktabida ko‘chat o‘tqazsa...
- Kecha, 18:25
- Ta’lim
O‘rmon va qo‘riqxonalarni qanday asrayapmiz?
- Kecha, 16:32
- Jamiyat