Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hasharchilar Zarafshon daryosi bo‘yida

“Yurtimizni yanada obod qilaylik!” shiori ostidagi ekologik umumxalq xayriya hasharida viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etdi.

– Boshqarmamiz hamda “Toza hudud” davlat unitar korxonasining 130 dan ortiq xodimlari bugun Zarafshon daryosi qirg‘oqlaridagi hududlarni obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash ishlarida qatnashdi, – deydi Samarqand viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i G‘.Negmatov. – Bu ishlarga o‘ndan ortiq texnika jalb etildi. Shuningdek, ushbu hududlardagi aholi ham hasharga chiqib, xayrli ishga hissa qo‘shish bilan birga daryo va uning mintaqasini toza-ozoda saqlash ko‘nikmasiga ham ega bo‘ldi. Hasharda barcha tuman, shaharlardagi bo‘limlarimiz va ular tasarrufidagi korxonalar ishchi-xodimlari ham faol ishtirok etdi.

O‘zbekiston ekologik harakati Samarqand hududiy bo‘linmasining “Yoshlar qanoti” vakillari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat va shahar kengashi bilan hamkorlikda Samarqand shahridagi ekologik bog‘da hashar o‘tkazdi. Ushbu maskandagi daraxtlarga shakl berilib, hudud tozalandi.