Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish muddati yana uzaytirilishi mumkin

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Davlat xizmatlari agentligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan, eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish muddatini toifalashtirilgan tarzda uzaytirishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi joylashtirildi.

Taklif etilayotgan qaror loyihasiga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddatini bir yilga uzaytirish nazarda tutilmoqda.

Bunda:
— 2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2022 yil 31 martga qadar;

— 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 iyunga qadar;

— 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 sentyabrga qadar;

— 2015 yildan keyin berilganlari – 2022 yil 31 dekabrga qadar;

Ushbu muddat tugagach, berilgan hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz: amaldagi tartibga ko‘ra, eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish muddati 2021 yilning 31 dekabr etib belgilangan edi.