Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Haydovchining bilishi kerak bo‘lgan 6 majburiyati

1. Yo‘lga chiqishdan oldin avtomobil texnik sozligini tekshirish;
2. Avtomobil saloni to‘liq jihozlangan (tibbiyot qutisi, yorqin rangli kamzul va boshqa kerakli buyumlar) bo‘lishi lozim. Turli sabablar bilan yo‘lda avtomobil buzilib qolganda kamzul kiyib olish haydovchini xavfdan saqlab turadi;
3. Yo‘l sharoiti va ob-havoni hisobga olish;
4. Avtomobildagi yo‘lovchilarga yo‘l qoidalarini tushuntirish lozim. Masalan, oynadan faqat qo‘lni chiqarish mumkinligi, eshiklarni mustahkam yopish kerakligi;
5. Huquqiy bilimni oshirish. Har bir haydovchida yo‘l harakati qoidalari kitobchasi bo‘lsa, foydadan holi bo‘lmaydi. Qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartishlardan ham xabardor bo‘lib turish;
6. Tezlikni me’yorida saqlash. Hozir shahar ko‘chalarida 70 km.dan ortiq harakatlanish taqiqlangan. Haydovchi piyodalar yo‘lakchasi va serqatnov joyga yetib kelganda o‘rtacha tezlik (70 km dan past)da kelishi kerak. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 70 km. da kelayotgan avtomobil tormozni bosgandan keyin 56 metr o‘tib to‘xtaydi.