Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hayit bayrami uchun arzonlashtirilgan yarmarka o‘tkazilmoqda

Qurbon hayiti munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi tashabbusi bilan “Payshanba” dehqon bozorida arzonlashtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.

Ikki kun davom etadigan yarmarkada bugunning o‘zida 700 kilogramdan ortiq arzonlashtirilgan go‘sht mahsuloti sotildi.

– Yarmarkada mahsulotlar bozordagidan arzon narxda sotilayotganidan xursandmiz, – deydi Bog‘ot  mahallasida yashovchi mehnat faxriysi Izzatilla Xalilov. – Birgina go‘sht 39 mingdan sotilmoqda. Boshqa kerakli mahsulotlar ham bozordagidan ancha arzon narxda sotiyotgani bizga hayit bayrami  tuhfasi bo‘ldi.

Jahongir SAFAROV.