Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hayvonlarning aqlbovar qilmaydigan migratsiyalari

Sizningcha, dunyo bo‘ylab kim eng ko‘p sayohat qiladi? Odammi yo hayvon? Yiliga 26 ming kilometr masofani suzib o‘tadigan bukur kitning sayohati haqida eshitganmisiz? Monarx kapalaklar-chi, ularning ko‘chish yo‘li Tinch okeani ustidan o‘tishini bilarmidingiz?

Ushbu maqolamizni ayni kunlarda Samarqand shahrida BMTning yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha Konvensiyasi (CMS COP14) ishtirokchilari konferensiyasi 14-yig‘ilishi bahonasida tayyorladik. Unda Shimoliy Amerikadan Avstraliyagacha butun dunyo bo‘ylab hayvonlar migratsiyasining eng ajoyib misollari haqida o‘qiysiz.

Shimoliy Amerika Karibu bug‘ulari eng ko‘chmanchi hayvon turlaridan biridir. Qoida tariqasida, ular yozda taxminan 5 ming kilometr masofani bosib o‘tishadi - boshqa quruqlikdagi hayvonlarga qaraganda bu ancha ko‘pdir.

Yoz oylarida milliondan ortiq antilopalar, zebralar, jayronlar (va ular bilan oziqlanadigan yirtqichlar) yaxshiroq hayot izlab, Keniya va Tanzaniyaning keng qo‘riqxonalarida juda ko‘p masofani bosib o‘tadi.

Flamingolar butun yoz davomida Sharqiy Afrikadaning Rift vodiylaridagi suv o‘tlari bilan to‘la suv omborlarida ko‘ldan ko‘lga sayohat qiladi.

Kit akulalarining ko‘chib yurish yo‘llari haqida ma’lumot juda kam. Biroq, har yili may oyining o‘rtalaridan sentyabr oyigacha minglab akulalar Yukatan yarim orolida birlashishi aniq va juda qiziqarli.

Yilning har mart oyida asosiy yashash joyi Shimoliy Amerika bщlgan 500 mingdan ortiq bu ulkan qushlar janubga ziyorat qilishni davom ettirishdan oldin Nebraskaning Platte daryosi havzasida to‘planadi.

Qizil qisqichbaqalar yiliga bir marta Hind okeanidagi Rojdestvo orolini egallab oladi, 100 milliondan ortiq qisqichbaqa tuxum qo‘yish uchun suvga qarab boradi.

Monarx kapalaklari har yili ko‘chish paytida 6 ming kilometrdan ko‘proq masofaga uchadi, ba’zan ular Tinch okeanini kesib o‘tadi.

Har yili bukur kitlar taxminan 26 ming kilometr suzadi: yoz paytida ular oziqlanadigan qutb suvlarini tashlab, ko‘payish maqsadida tropik suvlarga ko‘chib o‘tadi.

 

Yuz minglab imperator pingvinlari o‘z bolalarini xavfsiz tarzda o‘stirib olish uchun Antarktika sohillaridan quruqlikka sayohat boshlaydi.

***

Hayvonlar migratsiyasi, bu hayvonlarning bir yashash joyidan ikkinchisiga davriy ko‘chishi, faqat yashash sharoitlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan hodisa. Bu jarayon ko‘plab murakkab mexanizmlarning natijasi bo‘lib, turlar va biologik xilma-xillikni saqlab qolish uchun o‘ta muhimdir.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.