Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hindiston va Pokistonda anomal jazirama hukm surmoqda

Sinoptiklarning ma’lumotiga ko‘ra, Hindistonning 28 shtatidan 15 tasida xavotirli holat kuzatilmoqda. Dehlida yaqin kunlarda havo harorati me’yordan olti daraja yuqori bo‘lib, 45°C gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Mamlakatda elektr ta’minotida uzilishlar sababli ko‘plab sovutish uskunalari to‘xtab qolgan.

Shunga o‘xshash holat Pokistonda ham kuzatilmoqda.

Issiqlik ekin, xususan, bug‘doyni nobud qilmoqda. Bu esa Rossiya va Ukraina dalalaridagi bug‘doyni hind bug‘doyiga almashtirishni niyat qilgan mamlakatlar rejalarini barbod qilishi mumkin.

Iqtisodchilar pandemiyadan keyin kutilayotgan iqtisodiy tiklanish xavf ostida qolishidan xavotirda.