Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hindiston va Yaponiyada ko‘chki sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Hindistonning Maxarashtra shtati poytaxti Mumbayda davomli kuchli yomg‘ir keltirgan ko‘chki natijasida 25 kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi Hindustan Times.

Ilgari Chembur hududidagi bir qator uy-joylar ko‘chki tufayli qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, Yaponiyaning Sidzuoka prefekturasida iyul oyining boshida yuz bergan katta ko‘chki qurbonlari soni 18 kishiga yetdi, hozirga qadar 12 kishi topilgani yo‘q, deb xabar berdi NHK.

3 iyul kuni soat taxminan 10:00 da (Toshkent vaqti bilan 06.00) Tokioning janubi-g‘arbiy qismida, Sidzuoka prefekturasining Atami shahrida katta ko‘chki ro‘y berdi. Tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Ko‘chki natijasida 130 ga yaqin uy vayron bo‘ldi. 500 dan ortiq odam vaqtincha mehmonxonalarga joylashtirildi.