Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hindistonda uch karra mutatsiyalangan koronavirus butun dunyoga tahdid solmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Hindistondan kelib chiqqan koronavirusning uch karra mutatsiyaga uchragan shtamm xavfliligi oshganini ma’lum qildi.

Mutaxassislar bu global darajadagi tashvishga sabab bo‘lganini tan olishdi. Bu haqda JSSTning yangi kasalliklar va zoonoz bo‘limi boshlig‘i Mariya Van Kerkxov CNBC kanaliga aytib o‘tdi.

Ushbu "xavotirga soladigan variant" maqomli yangi status shuni anglatadiki, Hindiston shtammi eng yuqumli, xavfli hamda vaksina yoki davolash usullariga chidamli deb tan olindi. JSST vakilining aytishicha, mutatsiyaga uchragan infeksiya SARP-CoV-2 ning dastlabki shtammiga qaraganda ancha tez tarqalmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 10 may kuni Hindistonda muqaddas sanalgan Gang daryosida koronavirusdan vafot etgan deb taxmin qilingan o‘nlab odamlarning jasadi topilgan.

Bir kun oldin esa Hindistonning Gujarat shtati shifokorlari mog‘or tufayli kelib chiqqan kasallik - mukoromikoz (qora mog‘or) kasalligini qayd etgani ma’lum bo‘ldi. «India Today» ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19 yuqtirganlar ushbu kasallikka ko‘proq moyil bo‘ladi.