Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hindistonda yo‘lovchi poyezd halokati: o‘nlab odamlar vagonlar ostida qolgan

Hindiston sharqidagi G‘arbiy Bengaliya shtatida yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketgan. Bu haqda mahalliy NDTV telekanali xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, poyezdning kamida beshta vagoni temir yo‘l izidan chiqib ketgan. Natijada o‘nlab odamlar ag‘darilib ketgan vagonlar ichida qolib ketgan. Qayd etilishicha, hodisa oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgan. Yigirmadan ortiq kishi tan jarohati olgan.

Ma’lum qilinishicha, og‘ir tan jarohati olgan fuqarolarga yuz ming rupiy (taxminan 1,3 ming dollar), yengil jarohatlanganlarga esa 25 ming rupiy (taxminan 330 dollar) miqdorida tovon puli to‘lanadi. Halok bo‘lgan yo‘lovchilarning oila a’zolariga 500 ming rupiydan (taxminan 6,7 ming dollar) beriladi.

Hodisa sabablari hali aniqlanmagan.