Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hindistonning shimolidagi yomg‘ir va suv toshqinlari ikki kun ichida 58 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Hindistonning shimoliy shtatlarida o‘tgan ikki sutka mobaynida chaqmoqli yomg‘ir yog‘ishi va u keltirib chiqargan suv toshqinlari oqibatida kamida 58 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NDTV telekanali seshanba kuni xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni bo‘yicha Uttarakxand shtati yetakchilik qilmoqda – u yerda tabiiy ofat tufayli 32 kishi halok bo‘lgan. Qolgan 26 ta qurbon bo‘lganlar haqida ma’lumot Uttarakxand shtatining yonida joylashgan Ximachal – Pradesh shtatidan kelgan. Ushbu hududlarda kuchli yog‘ingarchiliklar ko‘plab yer ko‘chishlari va daryo sathining ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan. Telekanalning xabar berishicha, tabiiy ofat bir qator yashash hududlarini va u yerdagi turistlarni dunyo bilan butunlay aloqalarini uzilib qolishiga sabab bo‘lgan.

Hindistonning poytaxt hududidagi ahvol ham yaxshi emas – tinimsiz yomg‘irlar oqibatida Yamuna daryosi suvi xavfli nuqtadan o‘tib ketgan. O‘tgan 24 soat mobaynida Nyu–Deli rahbarlari daryoga yaqin hududda istiqomat qiladigan 10 mingdan ortiq aholini evakuatsiya qilishdi.

Iyun oyining oxirida Hindistonning janubiy va g‘arbiy hududlarida bir qator aholi yashash maskanlarini suv ostida qoldirgan kuchli yog‘ingarchilik kuzatilgan edi. Umumiy hisobda bir necha yuz ming aholi evakuatsiya qilingandi. Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi tabiiy ofat Hindiston uchun so‘nggi o‘n yilda eng talofatlisi bo‘ldi.