Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hokim sayyor qabuliga avvaldan tayyorlangan odamlarni yig‘ib qo‘yganmidi?

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi A.Bahromov aholi uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul jarayonida aholi tomonidan 20 yaqin murojaatlar kelib tushdi. Ularning asosiy qismi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.

- Bu uchrashuvni tasvirga oldik, - deydi “Mahalla” telekanalining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvi muallifi Ro‘ziboy Qo‘ldoshev. – Jarayonni kuzatish jarayonida “Kelishimizdan xabar topgan hokim avvaldan odamlarni tayyorlab qo‘ygan”, degan fikrga bordik. Lekin sayyor qabulda qilingan murojaatlar, rahbarlar va aholi o‘rtasidagi munosabatni, o‘zaro muloqotni, ochiqlikni ko‘rib, fikrimiz o‘zgardi. O‘zim ham hokimga bir nechta savollar bilan murojaat qildim va qoniqarli javob oldim.

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi axborot xizmati.