Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hokim ayrim mahalla raislari faoliyatini tanqid qildi

Ayni kunlarda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan mahalla raislari uchun malaka oshirish o‘quv-seminarining yakuniy - beshinchi bosqichi o‘tkazilmoqda.

Samarqand davlat universitetida Paxtachi, Toyloq, Urgut hamda Qo‘shrabot tumanlaridagi 249 nafar mahalla raislari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.

Viloyat hokimi raislarning jamiyatdagi roli haqida so‘z yuritib, mahallada faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektoriga bosh bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

- Mahalla raisi mahallaning egasi, yetakchisi bo‘lib ishlashi va aholi undan rozi bo‘lib yashashi kerak, - dedi E.Turdimov. – Beshovlon aholining muammosini o‘rganishi va birgalikda yechim topishi lozim. Mahalla raisi yangi g‘oyalar, tashabbuslar bilan tegishli rahbarlarga, tuman hokimlariga, kerak bo‘lsa viloyat hokimiga chiqishi zarur. Agar har bir mahalla raisi xalqning dardi bilan yashasa, talabchan bo‘lsa, rahbarlar unga hisobot beradi.

Uchrashuvda viloyat hokimi o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgan ayrim mahalla raislari faoliyatini tanqidiy tahlil qildi va mavjud muammolar atroflicha muhokama etilib, yechimi yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.