Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hokimlik tanqidga munosabat bildirdi

Bugun saytimiz - “zarnews.uz” ga joylashtirilgan «Fotofeleton: ’’Mi otkrilis’’ tog‘lar orasiga ham yetib boribdi» tanqidiy maqola yuzasidan Qo‘shrabot tumani hokimligi munosabat bildirdi.

Fotofeletonda aks etgan suratlar tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan o‘rganilganda, haqiqatan ham tuman markazida ushbu yozuvli bannerlar mavjudligi aniqlandi.

Ushbu reklama bannerlari olib tashlandi. Shu bilan birga, hududdagi o‘zbek tili imlo qoidalariga zid bo‘lgan boshqa bannerlar holati, yozilishi ham nazoratga olindi.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati.