Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“HOWO” rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga keldi

2019 yilning 3 oktyabr kuni soat 19 dan 50 daqiqa o‘tganda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Ibn Sino mahallasi, TXAY ko‘chasida harakatlanib ketayotgan “HOWO” yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga 4 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 20:08 da bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida fuqaro E.N. boshqaruvida bo‘lgan yuk avtomobilining salon qismi yonib zararlangan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, yong‘inda tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.

Yong‘inga yuk avtomobilining elektr tizimidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.