Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hozircha Samarqanddagi «zapravka»larda gaz berilmayapti

Energetika vazirligi tomonidan 27 yanvar soat 9:00 dan boshlab xalqaro trassalar bo‘yidagi va Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlaridan tashqari boshqa hududlardagi avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchalari ish boshlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ammo bizga viloyatimizning turli hududlaridan (xalqaro avtomagistrallar o‘tgan tumanlardan ham) haydovchilarning ma’lum qilishicha, haligacha birorta shoxobchada gaz berish boshlanmagan.

Bu haqda viloyatimizdagi mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilganimizda, hozirda aholiga tabiiy gaz yetkazib berish bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani va shu sababli gaz quyish shoxobchalari ishlashiga ruxsat berishning imkoniyati bo‘lmayotganini ma’lum qilishdi.
Mutasaddilarning aytishicha, ayni paytda gaz bosimi yuqori bo‘lgan hududlarda joylashgan “metan zapravkalar”ning holati o‘rganib chiqilyapti.

Dilmurod To‘xtayev.