Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ichimlik suvi quvurlarining yangi tarmoqqa ulanishi sabab Samarqand shahri va tumanining ayrim hududlarida suv ta’minoti vaqtincha cheklanadi

Samarqand shahri hududida qurilgan yangi ichimlik suv tarmoqlarini ichimlik suvi magistral tarmoqlariga ulash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shu bois 2020 yilning 9 yanvar kuni tungi soat 03:00 dan 10 yanvar kuni soat 18:00 gacha Samarqand shahrining Siyob va Bog‘ishamol hududlari, Sartepa, Sug‘diyona maskanlari, Amir Temur va Mikrorayon A-B turar-joy mavzelari, Temir yo‘l hududining Spitamen shoh, Qozizoda Rumiy, Narpay, Bedil, Asadova ko‘chalari hamda shahar bilan chegaradosh Samarqand tumanining ayrim hududlari toza ichimlik suvi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Samarqand shahar “Suvoqava” DUK axborot xizmati.