Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Urgutda sayyor qabul o‘tkazadi

 2019 yil 4 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘ining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Urgut tumanida  bo‘lib o‘tadi.

Ommaviy sayyor qabulda ichki ishlar organlari faoliyatiga taalluqli masalalarda murojaat qilishingiz mumkin. 

Mo‘ljal: O‘ramas mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Urgut ijtimoiy-iqtisodiyot va pedagogika kolleji binosi.