Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ichki ishlar xodimlari tomonidan test sinovlarida 65 nafar o‘quvchi o‘rniga kirishga uringan "tolkach" aniqlandi

Bugun Samarqand shahrida IIV litseyi va Temurbeklar maktabi uchun test sinovlari boshlanish arafasida.

IIV litseyiga 2000 ga yaqin o‘quvchining 743 nafari dastlabki ikki bosqichdan o‘tib kelib test sinovida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldi. Ularning 200 nafari qabul qilinadi.

Yoshlar psixologik test, diktant, jismoniy tayyorgarlik holati va suhbatdan o‘tib kelgan.

Temurbeklar maktabiga esa 731 nafar o‘quvchi hujjat topshirgan bo‘lsa, ularning 150 nafari test asosida o‘qishga qabul qilinadi. Ularning 126 nafari o‘zbek, 24 nafari esa rus guruhida tahsil oladi.

Bu o‘quvchilar ham jismoniy tayyorgarligi, diktant yozishi, psixologik testdan va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tib kelgan.

Zarnews.uz saytining muxbiri xabar berishicha, hozir ertalab abituriyentlarning test sinovlariga kirish arafasida IIB tomonidan 65 ta holatda birovning o‘rniga kirishga kelgan "talkash"lar aniqlandi va testdan chetlatildi.