Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

IIB va XTB Samarqand shahrida 13 yoshli o‘quvchining homilador bo‘lib qolgani yuzasidan dastlabki bayonotini e’lon qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi maktablarning birida 13 yoshli o‘quvchining homilador bo‘lib qolgani haqida xabar tarqaldi.

Samarqand viloyati IIB mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini hamda o‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qildi.

Shuningdek, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan ham ushbu holat bo‘yicha ishchi guruh tomonidan o‘rganish boshlangani aytildi.