Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

IIV 10 nafar "xavfli shaxs"ga qidiruv e’lon qildi

O‘zbekiston IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi bir guruh shaxslarga nisbatan qidiruv e’lon qilinganligi haqida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ular xalqaro ekstremistik guruhlar faoliyatiga qo‘shilib, ularning harakatlarida ishtirok etmoqda va milliy hamda umuminsoniy xavfsizlikka rahna solishmoqda.

IIV mazkur shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lganlardan hududiy ichki ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqami orqali xabar berishlarini so‘radi.

"Internet bugungi kunda butun dunyodagi vaziyat haqida soniyalar ichida cheksiz ma’lumotlarni ulashmoqda. Ular orasida esa xalqaro tinchlikka xavf soluvchi, insonlar o‘rtasida shafqatsizlik va terrorni targ‘ib etuvchi ma’lumotlar ham juda ko‘p. Internet foydalanuvchilari esa, eng avvalo, mana shu ma’lumotlarni o‘z zehni bilan farqlay olishi zarur. Aks holda aldov qurboni bo‘lib, yosh umri, salomatligi va kuch-quvvatini, urush o‘choqlarida, terrorchi tashkilotlarning harbiy lagerlarida xazonga aylantirish hech gap emas", deyiladi xabarda.