Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

IIV internet firibgarlaridan ogohlantirdi

Hozirda zamonaviy axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi va ular aholining barcha qatlamlariga keng kirib borishi bilan bir qatorda internet tarmog‘ida firibgarlik jinoyatlari bilan bog‘liq holatlari avj olib bormoqda.

Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda internet-firibgarlari tomonidan tayyorlangan https://yandex.uz-gets.space/ya/?id=37894253 nomli “feyk havola” manzili (ilovada) keng tarqalayotganligi kuzatildi.

Ushbu, feyk havola manzil olx.uz savdo platformasining veb-sahifasi uchun yaratilgan bo‘lib, biror-bir fuqaro o‘z mahsulotini sotish maqsadida e’lon tariqasida olx.uz veb-sahifasiga joylashtirgan vaqtda, firibgar unga mahsulotini sotib olishni va’da qilib, to‘lovni ushbu havolaga kirgan holda to‘lashni aytib, havola orqali fuqarolarni bank plastik karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, pul mablag‘larini noqonuniy ravishda o‘zlashtirib kelmoqda.

Bundan tashqari, firibgarlar tomonidan Click va Payme kabi to‘lov tizimlari veb-saytlarining soxtalashtirilgan ko‘rinishlarini yaratgan xolda fuqarolarni bank plastik karta ma’lumotlarini egallab, ulardagi pul mablag‘larini noqonuniy ravishda o‘zlashtirib kelayotganligi kuzatilmoqda (ilovada).