Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ijarada yashovchi er va xotin uy egasining yo‘qligidan foydalanib, o‘g‘rilik qilishdi

Toshkent shahar Sergeli tumanida joriy yilning 12 iyul kuni taxminan soat 12:00 larda 26 yoshli Rustambek M. va uning turmush o‘rtog‘i 20 yoshli Sevara A. 38 yoshli S. Sodiqovaga tegishli bo‘lgan xonadonda vaqtincha yashab turib, uy egasining yo‘qligidan foydalangan holda 13 000 000 so‘m pulini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashirinishgan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida Rustambek va Sevaralar qo‘lga olindi.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.