Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ijodkorning dunyosi

Kattaqo‘rg‘on shahrida jurnalist va ijodkor Jamshid Nosirovning “Dunyom mening” nomli ilk kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Dastlab ijodkor kitobining nomlanishi, uning dunyosi, ichki kechinmalari talqin qilindi.  So‘ngra muallif ijodi namunalari asosida qo‘shiq va she’rlar ijro etildi.

- Kitob taqdimoti bilan bog‘liq ma’naviy tadbir bizda katta taassurot qoldirdi, - deydi shahardagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Zamira Isanova. - Sobiq o‘quvchimiz Jamshid Nosirovning ijodi, qolaversa, shahar hokimligi axborot xizmati rahbarligidagi yutuqlari bizni ham xursand qiladi. Taqdimotda ishtirok etgan maktabimiz o‘quvchilariga bu tadbir, muallifning hayot va ijod yo‘li, erishgan muvaffaqiyatlari o‘zgacha ruh berdi.

Tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirok etdi va J.Nosirovni ilk kitobi, shuningdek, Prezidentimiz farmoni bilan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan aktrisa Dilorom Egamovani ushbu mukofot bilan samimiy qutladi.

Hilola Ergasheva.