Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan o‘quvchi qizlar o‘rtasidagi janjalga ota-onalar aybdor deb topildi va jarima jazosiga tortildi

Xalq ta’limi vazirligining Huquqiy-nazorat xizmati xodimlari tomonidan Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi 21-maktab o‘quvchilari ishtirokida ro‘y bergan ko‘ngilsiz holat o‘rganib chiqildi. Bu haqda xalq ta’limi vazirligi xabar bermoqda.

O‘rganish jarayonida joriy yilning mart oyi boshlarida 21-maktabining uch nafar 10-sinf o‘quvchi qizlari 9-sinf qizning sochidan tortib, yuz va qorin qismiga zarbalar bergan. Bema’ni so‘zlar bilan haqoratlab urgan. 10-sinf o‘quvchilaridan biri janjalni uyali telefoni orqali tasvirga tushirib, ijtimoiy tarmoqqa chiqarib yuborgan.

Mazkur ish voyaga yetmaganlar bo‘yicha Chirchiq shahar idoralararo komissiyasiga taqdim etildi.

Voyaga yetmaganlar bo‘yicha Chirchiq shahar idoralararo komissiyasining 2019 yil 6 iyul kungi 72-sonli qaroriga asosan farzandlarini tarbiyalash borasidagi majburiyatlarini bajarmaganliklari (MJtKning 47-moddasi 1-qismi) uchun voyaga yetmagan to‘rt nafar qizlarning ota-onalari 101,36 ming so‘mdan 608,09 ming so‘mgacha jarimaga tortildi. Tarbiya oiladan boshlanishi hamda voyaga yetguncha ota-onalar farzandlari tarbiyasi uchun mas’ul ekanligini doimo yodda tutishlari muhimdir. Shundagina bu kabi noxush hodisalarni oldini olish mumkin bo‘ladi.