Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ijtimoiy tarmoqlardagi archa mojarolari ortidan Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i ishdan olindi

Bugun, 20 dekabr kuni Samarqand shahar hokimining shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ini lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qarori e’lon qilindi.

Qarorda mazkur lavozim o‘zgarishining sababi keltirilmagan. Ammo bir necha kundan buyon Yangi yil bayrami munosabati bilan shaharda o‘rnatilgan markaziy archa tarmoqlarda jiddiy muhokamalarga sabab bo‘layotgandi.

Jumladan, mazkur archaning shahardagi tabiiy archa daraxtlari butalari kesib olib bezatilishi bir qator internet foydalanuvchilari noroziligiga sabab bo‘lgandi.

Samarqand shahar hokimligi  vakili esa obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining ishdan olinishi archa bilan bog‘liq emasligini bildirmoqda.