Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ikki nafar o‘smirni beayov kaltaklagan mushtumzo‘r topildi

Xabaringiz bor, IIV ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ikki o‘smirni kaltaklagan mushturzo‘rlar haqida xabar berishlaringizni so‘ragan edi.

Olib borilgan tekshiruvlar davomida mushtumzo‘rlarning shaxsiga aniqlik kiritildi, deb xabar berdi IIV axborot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, videoda tasvirlangan holatlar 2018 yil mart oyining boshlarida Toshkent viloyati Angren shahri Ohangaron ko‘chasi, 2/5 daha qarshisida joylashgan 72-sonli avtokorxonaning orqa tomonida bo‘lib o‘tganligi, unda 2001 yilda tug‘ilgan S.P. uch nafar tengdoshlari bilan tanishlari Sh.F. va Sh.T.larni ilgari yuzaga kelgan kelishmovchilik sababli urib tepganliklari, keyinchalik mazkur holat mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda ikki tomonning ota-onalari ishtirokida muhokama qilinganligi, kelishmovchilikka barham berilganligi, holat ishtirokchilarining bir-biriga nisbatan da’vosi yo‘qligi aniqlandi.

Fuqaro S.P. bilan suxbatlashilganda, mazkur video qaysi yo‘l bilan tarqalib ketganini bilmasligini, qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirib, ushbu holat yurtdoshlarimiz orasida shov-shuvga va ularning haqli e’tiroziga sabab bo‘lganligi uchun kechirim so‘ragan.

Shu o‘rinda, holatga oydinlik kiritishda ko‘maklashgan va yurtdoshlarimiz taqdiriga befarq bo‘lmagan fuqarolarga Ichki ishlar vazirligi rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirgan.