Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ikki viloyat sudyalari ishtirokida seminar

Maqsad, vazifa bir bo‘lganda o‘zaro hamkorlik qilish, tajriba almashish katta ahamiyat kasb etadi. Bu holat sudlar faoliyatida muhim jihatlardandir.

Samarqand viloyat sudi jinoiy ishlar bo‘yicha sudlov Hay’ati va Navoiy viloyat sudi jinoiy ishlar bo‘yicha sudlov Hay’ati birgalikda “Aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv” va “Dastlabki eshituvni o‘tkazish tartibi” mavzularida sud amaliyoti va qonunchilikni qo‘llashdagi masalalar yuzasidan videokonferensaloqa orqali seminar mashg‘uloti o‘tkazdi.

Sud faoliyatidagi mazkur yangi institutlarni samarali qo‘llash uchun avvalo puxta o‘rganish kerak. Har bir sudya o‘qib o‘rgangani alohida masala, lekin bir-biridan o‘rganish, o‘zaro muloqot qilish orqali bilganlarni mustahkamlash, e’tibordan chetda qolgan, to‘la tushunilmagan jihatlarni qamrab olish albatta o‘zining ijobiy natijasini beradi.

Seminar mashg‘ulotida har ikkala viloyat sudi sudyalari faol ishtirok etishdi. Ma’ruzalar tinglandi, munozara, fikr almashish, tajriba almashish qizg‘in davom etdi.

Muhimi, qatnashchilar o‘z vaqtida tashkil etilgan mazkur seminar juda samarali bo‘lganini ta’kidlashdi.