Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Ilhaq" filmi qanday tasvirga olingan edi?

Avval xabar qilganimizdek, Samarqandda "Kinokarvon" ijodiy guruhi a’zolari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Ana shunday uchrashuv dastlab Samarqand shahridagi Kichik mutaxassislar tayyorlash markazida "Ilhaq" filmi ijodkorlari, zobitlar va ularning oila a’zolari, harbiy xizmatchilar ishtirokida tashkil etildi.

Tadbirda film rejissyori Jahongir Ahmedov va boshqa ijodkorlar kino sohasiga berilayotgan e’tibor, kinoning tasvirga olinish jarayonlari, ushbu badiiy film Ikkinchi jahon urushi davrida ro‘y bergan hayotiy voqealarga asoslangani, bosh qahramon Zulfiya Zokirovaning dardi va alamli kechinmalari tasvirlanganligi xususida gapirdi.

Xuddi shunday uchrashuv Samarqand shahridagi yoshlar markazida ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirda film bosh qahramoni - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Dilorom Karimova urush va u keltirgan ayanchli oqibatlar haqida to‘xtalib, Ona ana shunday og‘ir judolikni ko‘rgan, matonat bilan bardosh bergan ayol taqdiri ekanligini aytdi. Bu filmda har bir aktyor o‘z rolini nafaqat mahorat bilan ijro etgani, balki o‘sha davrda real yashaganliklarini so‘zlab berdi.

Tadbirlarda ishtirokchilarga "Ilhaq" filmi namoyish etildi.

Sulaymon Mardiyev,

Baxtiyor Mustanov (foto).