Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Iloji boricha tez-tez va samimiy kuling, shunday yashangki, hatto donishmandlar sizni hurmat qilsin

“Amazon” asoschisi Jeff Bezos uni muvaffaqiyatga olib borgan iqtibosni bir necha yil oldin muzlatgich eshigiga ilib qo‘ygan edi. Unda yozilganlarni u juda muhim deb biladi va har kuni o‘qiydi.

 Dunyodagi eng yirik Amazon internet kompaniyasi asoschisi Jeff Bezosning ajoyib fazilatlari bor. U biznesni kengaytirish uchun yorqin va to‘g‘ri qarorlar qabul qila oladi va kerakli odamlarni yollashni biladi. Uning kompaniyasi o‘sishda va kengayishda davom etmoqda. Xo‘sh, bu muvaffaqiyatning siri nimada?

Jeff Bezos haqiqatan ham ulkan yutuqlarga erishdi va bundan ham ko‘proq narsalarga intiladi, boshqa hollarda esa u hech birimizdan farq qilmaydi. Masalan, u motivatsion iqtiboslarni yaxshi ko‘rib o‘qiydi. Ulardan biriRalf Uoldo Emersonning ko‘p yillar oldin yozganini qog‘ozga chiqarib, muzlatgich eshigiga yopishtirib qo‘ygan:

“Iloji boricha tez-tez va samimiy kulish; hatto donishmandlar sizni hurmat qiladigan, bolalar esa sidqidildan yaxshi ko‘radigan darajada yashash; sof tanqidchilarning e’tirofiga sazovor bo‘lish va soxta do‘stlar xiyonatigamardonavor bardosh berish; haqiqiy go‘zallikni qadrlash; boshqalarning faqat yaxshi tomonlarini ko‘rish. Bu dunyoni tark etishdan oldin uni biroz yaxshilash uchun masalan, sog‘lom zurriyod qoldirish yoki siz sayqallashtirgan bir parcha yer yoki boshqa yaxshi amal orqali hissa qo‘shish. Siz tufayli yerda kamida bitta tirik jon nafas olishi osonlashganligini bilish –hayotda chinakamiga muvaffaqiyat qozonish demakdir”.

Основатель Amazon о цитате, которая привела его к успеху: «Смеяться как можно чаще и от всей души; жить так, чтобы мудрецы тебя уважали»

Bu muvaffaqiyatning universal formulasi. Axir, barchamiz hayajonlanib kulishni va har kundan zavqlanib yurishni istaymiz, hammamiz e’tirof va muhabbatni xohlaymiz. Hayotni biroz yaxshiroq qilish uchun boshqalarning yaxshi tomonlarini ko‘rish va ularga shu tarzda javob berish kerak, - deydi Bezos. - Aynan shu omillar inson muvaffaqiyatni belgilaydi. Boshqa hech narsa emas.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.