Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Indoneziyada tabiy ofatlar yuz bermoqda: ko‘plab qurbonlar bor

Indoneziyaning Benkuli provinsiyasida juma kunidan beri tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘irlar natijasida daryolar o‘zanidan chiqib ketgan va aholi turar-joylarini suv bosgan. Buning natijasida esa 31 kishi halok bo‘lgan, yana bir necha o‘n kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda mk.ru xabar berayapti.

Hozirgi paytda qutqaruvchilar keng ko‘lamda ish olib bormoqdalar. Aholi esa halokat yuz bergan hududlardan ko‘chirilmoqda.

"Hanuzgacha davom etayotgan yog‘ingarchilik aholini qidiruv-qutqaruv va ko‘chiruv ishlarini qiyinlashtirmoqda" deyiladi xabarda.