Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Indoneziyaning sobiq prezidenti vafot etdi

Indoneziyaning sobiq prezidenti Baxaruddin Yusuf Habibi 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda RIA novosti nashri xabar berdi.

Uning sog‘lig‘i 9 sentyabr kuni yomonlashgan, so‘ngra Jakartadagi harbiy shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Hukumat mamlakatning sobiq rahbari vafoti munosabati bilan 12-14 sentyabr kunlari uch kunlik motam e’lon qildi va davlat bayrog‘i tushirildi.

Baxaruddin Yusuf Habibi GFRda texnika yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olgan, 1978 yildan 20 yil davomida texnologiyalar va tadqiqotlar vazirligini boshqargan. 1999 yili parlament yangi yetakchini saylagunga qadar, 1998 yildan Indoneziya prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.