Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Indoneziyaning "Trans-7 telekanali ijodiy guruhi Samarqandda

Joriy yilning 21-23 aprel kunlari Samarqand shahrida “Trans-7” telekanali ijodiy guruhi tomonidan shahrimizning tarixiy qadamjolari va ziyoratgohlarini suratga olish ishlari olib borildi.

Tayyorlanayotgan videolavha “Hijab Traveling” teleko‘rsatuvi orqali namoyish etilishi ko‘zda tutilgan. Ijodiy guruh a’zolari tomonidan videolavha ziyorat turizmini yanada rivojlantirish hamda Indoneziyadan Samarqandga sayyohlarni jalb etishda o‘ziga xos da’vat bo‘lishini ta’kidlashdi.