Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Infinbank» «UzAuto Motors» avtomobillariga kredit taqdim etish muddatini uzaytirdi

«Infinbank» «UzAuto Motors» avtomobillariga kreditlar taqdim etish muddatini 2019 yilning 15 noyabriga qadar uzaytirayotgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Avtokreditlar 36 oy muddatga yillik 23,99% ustama bilan “Cobalt” (4 poz. A/T), “Lacetti”, “Tracker” hamda “Malibu” avtomobillariga taqdim etiladi. Dastlabki to‘lanadigan badal avtomobilning 25 foizini tashkil qiladi.

Buning uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
- kredit oluvchining pasporti,
- kredit olish to‘g‘risida ariza,
- daromad to‘g‘risida ma’lumotnoma (oxirgi 6 oylik tushumlar),
- avtomobil yetkazib berish shartnomasi.