Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Insoniyat tarixidagi “buyuk” jinoyatchilar

Jinoyatlar va zo‘ravonliklar insoniyat tarixida qora dog‘ bo‘lib qoladi, afsuski, biroq o‘sha dog‘lar kelajakning ham bir qismidir. Jinoyatchilarni jinoiy amallari ba’zida insonlarni hayratga yoki vahimaga soladi. Jinoyatlar haqida kitoblar yoziladi va filmlar suratga olinadi, tok-shoular o‘tkaziladi. Mazkur ro‘yxatga ularning beshta eng mashhurlari kiritildi. Ular vafotlaridan keyin ham insonlarni vahimaga soladigan, shafqatsiz yovuzlar va narkobaronlardir.

Pablo Eskobar

Birinchi bo‘lib aytadiganimiz, Pablo Eskobar bo‘ladi. Hali yosh bolaligidan, u jinoiy faoliyatga jalb qilingan, ulg‘aygach esa Kolumbiya narkobaroniga aylandi. Ko‘plab narkotik savdosi tarmoqlari uning qo‘l ostida edi. Narkotik moddalari dunyo bo‘ylab minglab insonlarning hayotiga zomin bo‘lmoqda. Eskobar zamonaviy tarixda, jinoyat olamining eng qo‘rqinchli va nufuzli rahbari edi. Narkotik tarqatish bo‘yicha butun boshli aviahavoyo‘llari uning hukmi ostida edi. Uning iflos pullari milliardlab dollarlarni tashkil qilardi.

Bosqinchilik bilan shug‘ullanadigan jangchi va yollanma qotillar uning uy-joyini quriqlashardi va har qanday hizmatga shay turishardi. Pablo Eskobar qo‘l ostidagi yollanma qotillar uning buyrug‘iga binoan biznesini yo‘q qilmoqchi bo‘lgan bir necha politsiya xodimlarini o‘ldirishgan. Uning jinoiy faoliyati butun Janubiy Amerikani qurshab olgan. Pablo Eskobar 1993 yil 2 dekabrda politsiyachilar bilan otishma chog‘ida o‘ldirildi. U 45 yoshda edi.

Griselda Blanko

Griselda Blanko ham narkotik savdosi ustasi edi, uni kokainning buvisi deb atashardi. U Mayamida birinchi bo‘lib kokainni yirik sotuvchisiga aylandi. Yoshligida bu xonim cho‘ntak o‘g‘risi va bolalar o‘g‘risi bo‘lgan. Biroz ulg‘aygandan so‘ng fohishalik faoliyati bilan shug‘ullandi. Turmushga chiqqach, turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda narkotik savdosi bilan shug‘ullandi. Ko‘p o‘tmay Griseldani hibsga olishdi va narkotik savdosi uchun 10 yil qamoq jazosi tayinlashdi.

Ammo ustasi farang kokain buvisi, panjara ortida ham o‘zining jinoiy faoliyatini davom ettirdi. Maxfiy tarmoq yordamida Griselda kokain savdosini davom ettirgan. U jinoiy biznesini o‘tgan asrning 70-80 yillarida qurgan. Griselda “Kokain kovboylari jangi” ishtirokchisi bo‘lgan. Uning bo‘ynida 200 dan ortiq qotillik javobgarligi mavjud. Uning jinoiy tarmog‘i Kolumbiyadan Mayami, Janubiy Karolina va Nyu-Yorkka kokain tashish bilan shug‘ullangan. Griselda Blankoni 2012 yil 3 sentyabrda 69 yoshida yollanma qotillar otib o‘ldirishdi.

Jessi Jeyms

Jessi Jeyms mashhur bosqinchi bo‘lgan. U poyezdlar va banklarni o‘marish bilan shug‘ullanadigan jinoiy guruh tuzgan. Ushbu jinoiy guruhning hisobida bir qancha qotillik mavjud. Jessi Jeymsni yana Amerika Robin Gudi deb atashgan. Lekin u ushbu oliyjanob qahramonga umuman o‘xshamaydi, chunki u talon-taroj qilib topilgan o‘ljasini hech qachon, hech kim bilan bo‘lishmagan. Jessi Jeyms AQShdagi fuqarolik urushi vaqtida partizanlar harakatida ishtirok etgan.

Biroq, u a’zo bo‘lgan guruh faoliyatiga ko‘ra jinoiy guruh edi. Ushbu jinoyatchilar poyezdlarni tunashardi. Yosh yigitcha AQShning eng mashhur jinoyatchilaridan biriga aylandi. Jessi Jeyms o‘zining akasi Frenk bilan birgalikda Kanzas va Missuridagi jinoyatchilar bilan hamkorlik olib borishardi. Guruh boshlig‘ining vafotidan so‘ng aka-ukalar guruhga boshchilik qilishdi. Jeyms 34 yoshida vafot etdi. Uni o‘z guruhining a’zosi, gubernator tomonidan va’da qilinga mukofot puli tufayli otib o‘ldirdi. Mazkur sensatsiyali xabar butun AQSh matbuotida keng yoritildi.

Gabriel Kapone (Al Kapone)

Alfons Gabriel Kapone Amerikada jinoiy hokimiyatning boshlig‘i bo‘lgan. U kriminal biznes bilan shug‘ullangan zo‘ravon (gangser) edi. Uning faoliyati yetti yil davom etdi. Uning biznesi fohishabozlik va AQShda “quruq qonun” davrida spirtli ichimlik sotishga asoslangan edi. Al Kapone qimor biznesi bilan ham shug‘ullangan. “Reket” tushunchasi ham ushbu mafiyachiga tegishli. U jinoiy guruh a’zosiga aylanganda, juda yosh edi.  “Quruq qonun” davrida katta maxfiy tashkilot unga tegishli edi. Guruh a’zolari boshqa guruhlar bilan jinoiy namoyishlarda ishtirok etishardi.  

Bu ta’sir doirasini kengaytirish, hudud talashishdagi, haqiqiy jang edi. Uni ushbu jinoyatlari uchun sud qilisholmadi, chunki hech qanaqa isbot dalil yo‘q edi. Al Kaponeni soliq to‘lashdan qochgani uchun hibsga olishdi va Alkatras orolidagi qamoqqa jo‘natishdi. Uning mashhur zirxlangan “kadillak” avtomobili musodara qilindi va davlat xizmatiga o‘tkazildi. Mashhur  mafiyachi qamoqdan chiqqanidan so‘ng insult oqibatida shol bo‘lib qoldi. Kapone 1947 yil 25 yanvarda infarkdan vafot etdi. Mashhur mafiyachining hayoti haqida Gollivudda film suratga olingan.    

Kichkintoy Billi

Kichkintoy Billi Amerikada qotil sifatida tanilgan. Bu o‘qchini G‘arbda yaxshi eslashadi. U o‘ttizdan ortiq insonlarning o‘limida aybdor bo‘lgan. Unga tug‘ilganida berilgan haqiqiy ismi Uilyam Genri Makkarti. Lekin u hammaga Billi Kid bo‘lib tanilgan. Birinchi marta uni 1875 yilda oziq-ovqat o‘g‘irlagani uchun hibsga olishgan. Keyingi hibs o‘q otar qurol va yuvish xonasidan kiyim o‘g‘irlagani uchun bo‘lgan. Ushbu jinoyat ozodlikka chiqqanidan besh oy o‘tib sodir qilingan. Hibsga olinganidan ikki kun o‘tib u qochib ketadi. Keyin u o‘gay otasini tunaydi, u yerdan Billi Kid kiyim va to‘pponcha o‘g‘irlaydi. Politsiya uni qidiruvga beradi.

U zo‘ravonga (gangster) aylanadi. Birinchi qotillikni Kichkintoy Billi o‘n sakkiz yoshida sodir etadi. Bu qotillik tasodifiy edi. Billi va uning do‘stlari fermerlarning otlarini o‘g‘irlashardilar. Aytishlaricha, u kimni jinoyatchi deb hisoblasa, faqat o‘shalarni o‘ldirgan. Linkoln tumanida jinoiy guruhlar o‘rtasida jang bo‘lgan. Jinoiy guruhlarning biriga Kichkintoy Billi boshchilik qilgan. U juda qobiliyatli: aqlli edi. Biroq so‘nggi hibsdan keyin uni osishga hukm qilishdi. Kichkintoy Billi soqchini aldab  qochishga muvaffaq bo‘lgan. 1881 yilda yana hibsga olinayotgan vaqtida yosh jinoyatchi shaxsan tanish bo‘lgan va qachonlardir do‘stona munosabatda bo‘lgan sherif Pet Garret tomonidan otib o‘ldirilgan.  Kichkintoy Billi bor yo‘g‘i 21 yoshda edi.

Siz ushbu maqolada mashhur jinoyatchilarning kamchiligi bilan tanishdingiz. Ularning jinoyatlari o‘zgacha vahshiylik va ochko‘zlik bilan ajralib turadi. Ularning ayrimlari qonun oldida javob berishgan, ayrimlari esa xudoning qahriga duchor bo‘lishgan.

Bekzod Musurmonov

internet materiallari asosida tayyorladi.