Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Insoniyat tarixidagi eng issiq oy

Iyul oyining bir nechta raqamlariga e’tibor bering: Xitoyda 52,9 °C, Sardiniyada 48,2 °C, Jazoirda kechasi 39,6 °C, Floridada dengiz harorati 37,2 °C gacha... 2023 yilning iyuli insoniyat tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi.

Leypsig universiteti iqlimshunosi Karsten Xausteynning tahlili shuni ko‘rsatdiki, bu oyda o‘rtacha global harorat sanoat davridan oldingi darajadan 1,5 °S ga oshgan.

Bu yil yanvardan boshlab har oyda global harorat o‘rtacha darajadan yuqori bo‘ldi. Iyulda esa eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Ushbu yangi tarixiy rekord quruqlikda ham, okeanlarda ham kuzatilgan jazirama to‘lqinining cho‘qqisidir.

ЭПОХА ГЛОБАЛЬНОГО КИПЕНИЯ ⟩ ООН: Июль станет самым жарким месяцем за всю  историю человечества

2023 yil shuningdek, garchi bunga hali erta bo‘lsa-da, El-Nino fenomeni (Tinch okeanining yer usti suvlari isishiga olib keladigan, natijada butun sayyora iqlimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan tabiiy hodisa) tufayli juda issiq keldi.

"Bu hali El-Nino emas. Uning rivojlanishi bilan kelajakda iliqroq harorat bo‘lishi, ya’ni 2024 yilda havo harorati bundan ham yuqori bo‘lishi kutilmoqda", deya qo‘shimcha qildi iqlimshunos.

Avvalgi issiqlik rekordi 2019 yilning iyul oyida o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda o‘rtacha global harorat hozirgidan 0,2°C past bo‘lgan.

Июль стал самым жарким месяцем за всю историю человечества

Ushbu o‘zgarishlar sababi - qazilma yoqilg‘i yoqish va insonning boshqa faoliyatidir.

G20 va COP28 sammitlarida dunyo yetakchilari atmosferaga CO2 va metan chiqindilarini kamaytirishga muvaffaq bo‘lishsa-da, biz hozir boshdan kechirayotgan jazirama va ekstremal ob-havo kelgusi o‘nlab yillar davomida biz bilan birga bo‘ladi.

G.XOLDOROVA tayyorladi.