Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Insoniyat tarixining buyuk sarkardalari

Urush va tinchlik – “hayot” deb nomlanuvchi tanganing o‘zaro almashib turadigan ikki tomonidir. Agar tinchlik vaqtida dono va adolatli hukmron zarur bo‘lsa, urush vaqtida esa – janglarni boy bermaydigan shafqatsiz sarkarda kerak bo‘ladi. Tarix ko‘plab buyuk sarkardalarni biladi, biroq ularni hammasini ta’kidlash mushkul. Biz sizning e’tiboringizga dunyo miqyosida haqiqatdan ham buyuklarini havola etamiz:

Iskandar Zulqaynar (Aleksandr Makedonskiy)

war-1

Iskandar bolaligidan dunyoni egallashni orzu qilardi, u alpqomat bo‘lmasada, biroq janglarda o‘zi ishtirok etishni ma’qul ko‘rardi. Sarkardalik xususiyatiga ega bo‘lgani uchun, u o‘z davrining eng buyuk sarkardasi darajasiga yetdi. Iskandar Zulqaynar armiyasining g‘alabalari, qadimgi Yunoniston jang san’atini eng yuqori nuqtasi edi. Iskandar Zulqaynar armiyasi son jihatdan ustun emasdi, biroq deyarli barcha to‘qnashuvlarda g‘olib bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Iskandarning ulkan imperiyasi Yunonistondan Hindistongacha bo‘lgan hududni egallagan. U o‘z askarlariga ishonardi, ular ham o‘z navbatida unga pand berishmasdi va uning ortidan ergashardi.

Chingizxon (Temuchin)

1206 yilda, Onon daryosi qirg‘og‘ida ko‘chmanchi qabilalar sardorlari, qudratli jangchiga buyuk xon maqomini berishdi. Va uni Chingizxon (cho‘ng – katta, giz – dengiz so‘zini ikkinchi qismi) deya atashdi. Shamanlar Chingizxonga dunyoga hukmronlik qilishini bashorat etishdi va u pand bermadi. Buyuk imperator darajasiga yetib, buyuk imperiyalardan biriga asos soldi. U Xitoyni, O‘rta Osiyoni, Kavkazni va Sharqiy Yevropani, Bog‘dodni, Xorazmshoxlar davlatini va Rus knyazliklarini bosib oldi.

Amir Temur (Sohibqiron)

war-3

Buyuk ajdodimiz Amir Temur haqida ortiqcha ta’rifni hojati bo‘lmasa kerak. Shunday bo‘lsada ayrim ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz. Amir Temur O‘rta, Janubiy va G‘arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povolojya, Rus va Yevropa tarixida muhim o‘rin tutgan O‘rta Osiyolik turkiy hukmdor va sarkarda. Poytaxti Samarqand bo‘lgan Temuriylar saltanati (1370 yil) asoschisi. Qilichda jang qilish va kamondan o‘q uzish borasida unga teng keladigan jangchi yo‘q edi. Amir Temur hukmronligi 35 yil davom etdi (1370 – 1405). U Ind va Gangdan Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyan Shandan Bosforgacha bo‘lgan katta imperiyaga asos soldi. U To‘xtamish ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng, Rus knyazlarida kuchsizlanib qolgan Oltin O‘rda hukmronligidan ozod bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ldi. Usmonli turklar hukmdori Boyazid Yildirim ustidan qozongan g‘alabasi esa Yevropa davlatlarini, Usmonli Turklar tahdididan  xalos etdi.

 Gannibal Barka (“strategiya Otasi”)

war-4

Gannibal qadimiy dunyoning buyuk harbiy strategi, karfagen sarkardasi. U “Strategiya otasi”. Rimdan va Rim bilan bog‘liq hamma narsadan nafratlangan, Rim respublikasining ashaddiy dushmani bo‘lgan. Rimliklar bilan u barchaga ma’lum Punik janglarini olib borgan. Dushman qo‘shinlarini qanotlardan qurshab olish usulini muvaffaqiyatli qo‘llagan. Tarkibida 37 jangari fil bo‘lgan 46 ming kishilik qo‘shinga boshchilik qilib, Pireney va qorli Alp tog‘larini oshib o‘tgan.

Atilla (Buyuk Xun)

Bu inson Xunlar imperiyasiga boshchilik qilgan. U O‘rta Osiyodan tortib hozirgi Germaniyacha bo‘lgan ulkan hududni zabt etishga muvaffaq bo‘lgan. Atilla g‘arbiy va sharqiy Rim imperiyasining dushmani bo‘lgan. U o‘zining shafqatsizligi va jangni olib borish mahorati bilan mashhur bo‘lgan. Bu qadar ulkan hududni juda tez orada bo‘ysundirish bilan har qaysi imperator, qirol, yetakchi maqtana olisholmaydilar. U Rim imperiyasi bilan yetti kechayu, yetti kunduz tinmay jang olib borgan va Rimni mag‘lub etgan.

Suvorov Aleksandr Vasilevich

war-5

Suvorovni bemalol Rossiyaning milliy qahramoni, rusni buyuk sarkardasi, deb atasa bo‘ladi, chunki u 60 dan ortiq jangni o‘z ichiga oladigan harbiy xizmati davomida biron marta ham mag‘lubiyatga uchramagan. U rus jang san’atining asoschisi, tengi yo‘q harbiy mutafakkir. Rus – turk jangini, italyan, shveysariya yurishlarining ishtirokchisi.

Napoleon Bonapart

war-6

Napoleon Bonapart 1804–1815 yillarda fransuz imperatori, buyuk sarkarda va davlat arbobi. Aynan Napoleon hozirgi Fransiya davlatining asosini qurdi. Harbiy xizmatining boshidanoq u o‘zini qo‘rqmas va iqtidoli komandir sifatida namoyon qila oldi. Imperator taxtini egallagach esa, u Napoleon urushlarini boshladi, biroq butun dunyoni zabt etish unga nasib etmadi. Vaterlo ostidagi jangda mag‘lubiyatga uchradi va umrining qolgan qismini Muqaddas Yelena orolida o‘tkazdi.

Salbchilarni tor – mor qilgan Salohiddin (Saloh id – din)

war-7

Iqtidorli musulmon olamining Buyuk sarkardasi va tengi yo‘q tashkilotchi, Misr va Suriya Sultoni. Arabchadan tarjima qilinganda Saloh id – din “Din himoyachisi” ma’nosini beradi. Bu faxrli nomni u salbchilarga qarshi jangi uchun oldi. Salbchilarga qarshi jangda boshchilik qildi. Salohiddin qo‘shini Bayrut, Akr, Kesariya, Askalon va Quddusni qo‘lga kiritdi. Salohiddin tufayli musulmonlar yerlari, begonalardan va  boshqa din vakillari izmidan ozod etildi.

Gay Yuliy Sezar

war-8

Qadimgi dunyo hukmdorlari ichida qadimgi rim davlat va siyosat arbobi, diktator, sarkarda, yozuvchi Gay Yuliy Sezar alohida o‘rinda turadi. Galliya, Germaniya, Britaniya g‘olibi. Harbiy taktika va strategiyaning ajoyib qobiliyatlari egasi, shuningdek halqqa ta’sir eta olgan, unga gladiator o‘yinlarini va’da qilgan, buyuk da’vatchi. O‘z davrining buyuk arbobi. Biroq  bir to‘da fitnachilarga, buyuk qo‘mondonni o‘ldirishga bu to‘sqinlik qilmadi. Bu holat Rim imperiyasining nurashiga sabab bo‘lgan fuqarolik urushlariga olib keldi.