Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ish beruvchilar mehnat qonunchiligiga nechog‘li amal qilyapti?

Xodimlarni qonunchilikda belgilangan ish vaqtidan so‘ng sababsiz ushlab turilishi, dam olish kunlari va bayram kunlari ishga jalb etilishi hamda majlislar o‘tkazilishi, eng avvalo, kadrlarning huquqlari poymol bo‘lishiga, uning oilasidagi ma’naviy muhit buzilishiga, intellektual salohiyatining pasayishi, ishchanlik kayfiyati so‘nib, sog‘ligi qisqa fursatda yomonlashishiga olib kelish mumkin.

Xodimlarni muntazam ravishda belgilangan ish vaqtidan so‘ng qolib ishlash xodimlarning sog‘lig‘iga va oilaviy muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda mehnat layoqatining erta yo‘qolishiga olib kelishi mumkinligiga, asosiy vaqtni muntazam ravishda ishda o‘tkazish xodimlarda ijodiy kayfiyatni pasayishiga, ularning ish samaradorligi tushishiga, shuningdek, tashkilotlarning elektr energiyasi, internet va boshqa xarajatlarning ortishiga sabab bo‘layotganligi aniqlangan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021 yil 30 martdagi “Ish vaqtidan tashqari vaqtda, dam olish va bayram kunlarida ishga jalb etish holatlarini doimiy monitoringini olib borishni tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i chiqarilgan. Shu sababli viloyatimizdagi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona va tashkilotlar raxbarlari Mehnat kodeksining 124-moddasida, ya’ni ish vaqtidan tashqari ishlarga xodimning roziligini olib ishga jalb qilishni hamda Mehnat kodeksining 157-moddasiga asosan ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lash yoki boshqa ish kunida (otgul) berilishini nazoratga olish so‘raladi.

Davlat mehnat inspeksiyasi inspektorlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021 yil 30 martdagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi korxona va tashkilotlarda monitoring ishlari olib borishni, monitoring natijasida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha ish beruvchilarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy jarimalar qo‘llanilishi ma’lum qilinadi.

J.Azimov,

Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i.